Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“OLTIARIQ INNOVATSION HUDUDI” – YANGI G’OYA VA LOYIHALAR MARKAZI

×

 2022-09-14 22:53:35    763

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Oltiariq tumanidagi “Oltiariq innovatsion hududi” texnologik maydonida bo’ldi.

Viloyatimizda ilmiy va innovatsion faollikni rivojlantirish, ishlab chiqarishga joriy etilgan va muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan texnologiyalarni namoyish etish, yangi g’oya va loyihalarni qo’llab-quvvatlash, moliyaviy rag’batlantirish, ularni xalqaro bozorga olib chiqilishiga ko’maklashish borasida tizimli va keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan o’tgan yili Oltiariq tumani innovatsion hudud etib belgilanib, 13 milliard so’mlik loyihalar hayotga tadbiq etilgan bo’lsa, bu yil Buvayda tumani innovatsion hudud sifatida belgilangan.

“Oltiariq innovatsion hududi” texnologik maydonida Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlariga qurilish chiqindilarini qayta ishlab, polistirol bloklar tayyorlash, yong’inga chidamli g’ishtlar ishlab chiqarish, shamol energiyasi qurilmasi, past aylanishdan yuqori quvvatda energiya ishlab chiqarish generatorlari, svetoforlar va yo’l chiroqlarini doimiy elektr energiyasi bilan ta'minlash generatorlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish, meva-sabzavotlarni muzlatib eksport qilish, qishloq xo’jaligi ekinlari uchun import o’rnini bosuvchi NPK mineral o’g’itlar ishlab chiqarish kabi o’nlab loyihalar taqdimoti o’tkazildi.

Viloyat hokimi ishlab chiqarishda innovatsion yondashuv va mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish hamda ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni qo’llab-quvvatlash bo’yicha mutaxassislar bilan muloqot qilib, taqdim etilgan loyihalar kabi innovatsion ishlanmalarni viloyatda keng joriy etish to’g’risida o’z tavsiya va ko’rsatmalarini berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram