Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 253 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON TUMANIDA BARPO ETILAYOTGAN KULOLCHILIK MARKAZI, MEHMONXONA VA MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH MAJMUASI QURILISH ISHLARI YAKUNLANMOQDA

×

 2022-09-16 21:16:17    886

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalarining ijrosi bilan tanishish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Rishton tumanida bo’ldi.

Viloyat rahbari o’rganishlar jarayonida tadbirkor Islomjon Orifjonov rahbarligidagi “Chinor plyus-2020” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan Kulolchilik markazi, mehmonxona va maishiy xizmat ko’rsatish loyihasi qurilishini ko’zdan kechirdi.

Oqer MFY hududida joylashgan, qurilish-pardozlash ishlari deyarli yakunlanayotgan ushbu majmuaning loyiha qiymati 35 milliard so’mni tashkil etib, shundan 12 milliard so’m tadbirkorning o’z mablag’i hisobiga to’g’ri keladi. Kelgusi oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn va boshqa xizmat ko’rsatish shaxobchalari joylashgan bo’lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda barpo etilayotgan Kulolchilik markazida ham qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Viloyat hokimi majmuaga gaz, elektr va suv tarmoqlarini tortish va ulab berish ishlarini yakunlash bo’yicha “Farg’ona HETK”, “Hududgaz Farg’ona” va “Farg’ona suv ta'minoti” rahbarlariga aniq muddatli vazifalar yukladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram