
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDAGI "BEK OTA" FERMER XO’JALIGIDA 50 TURDAGI KOLBASA MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILMOQDA

2022-09-24 09:25:44 1318
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi o’rganishlari davomida Ipak yo’li MFY hududida joylashgan “Bek ota” fermer xo’jaligida bo’lib, go’shtni qayta ishlash, kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.
500 ming yevrodan ziyod mablag’ yo’naltirish hisobiga amalga oshirilgan ushbu loyiha, 40 dan ortiq doimiy ish o’rni yaratilishiga omil bo’ldi.
Fermer xo’jaligi rahbari Alisher Axunovning ma'lum qilishicha, xo’jalikda 42,5 gektar ekin maydoni, 2,6 gektar mevali bog’lar mavjud. 300 boshga yaqin qoramol boqilmoqda. Kolbasa mahsulotlari ham fermer xo’jaligida yetishtirilgan qoramol go’shtlaridan tayyorlanadi.
Germaniya texnologiyasi bilan jihozlangan tsexda 50 turdagi kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholi dasturxoniga yetkazilmoqda.
Viloyat hokimi bilan muloqotda tadbirkor chorva sonini ko’paytirish maqsadida yer maydoni ajratilishida ko’maklashish bo’yicha murojaat qildi. Shahar hokimiga shahardagi foydalanilmay turgan maydonlardan 50 gektar yer maydonini qonuniy asosda ajratish imkoniyatlarini ko’rib chiqish topshirig’i berildi.
Viloyat rahbari ish ko’lamini kengaytirish, eksport qilishni ham yo’lga qo’yish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram