Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQLIK XOTIN-QIZLAR FAOLI VA DANG’ARALIK TADBIRKOR AYOL “ENG YAXSHI XOTIN-QIZLAR FAOLI” VA “ENG NAMUNALI ISH BERUVCHI AYOL” TANLOVLARI RESPUBLIKA BOSQICHI G’OLIBLARI ORASIDAN O’RIN OLDILAR 

×

 2022-11-03 16:59:07    323

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” tanlovlarining Respublika bosqichi g’oliblari e'lon qilindi.

G’oliblar orasidan viloyatimizning ikki vakili ham o’rin olishdi: 

Oltiariq tumani Ustoz MFY xotin-qizlar faoli Komilaxon G’iyosova “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” tanlovida 2-o’ringa loyiq ko’rilgan bo’lsa, Dang’ara tumanidagi Beknur klass MChJ rahbari Ma'rifatxon Umarova “Eng namunali ish beruvchi ayol” tanlovida 3-o’rinni egalladi.

Tanlov g’oliblariga Prezident sovg’asi sifatida avtomobil topshiriladi. Tanlov nizomiga ko’ra, Komilaxon G’iyosova 2-o’rin uchun Kobalt avtomobili, Ma'rifatxon Umarova 3-o’rin uchun Spark avtomobili egasiga aylandilar.

G’oliblarni tantanali taqdirlash tadbiri 11 noyabr - O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni arafasida bo’lib o’tadi.

Ushbu tanlovlar mamlakatimizda keyingi yillarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish, tomorqa yerlaridan unumli foydalanishga ko’maklashish, o’zini o’zi band qilish, kreditlar ajratish, nogironligi bo’lgan xotin-qizlarga moddiy yordamlar ko’rsatish, ularni uy-joy bilan ta'minlash borasida namunali ish tashkil etgan mas'ul xodimlarni taqdirlash uchun tashkil etib kelinmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram