
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI TOMONIDAN ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA'MINLASH MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR BO’LIB O’TDI

2022-11-19 17:32:15 389
Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalariga bag’ishlangan o’quv seminari tashkil etildi.
Viloyat hokimining o’rinbosarlari, guruh va kotibiyat mudirlari, apparat xodimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari vakillari ishtirokida shahar-tumanlar hokimliklari bilan videokonferentsaloqa shaklida o’tgan seminarda dastlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mas'ul xodimi O’ktam Hamrayevning ma'ruzasi eshitildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari o’rtasidagi o’zaro axloqiy munosabatlar, davlat fuqarolik xizmatchilarining ishchanlik obro’si va xizmatning nufuziga putur yetkazishi mumkin bo’lgan harakatlar yoki harakatsizlik, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorning asosiy qoidalari haqida batafsil tushuncha berildi.
Shundan so’ng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari o’rinbosari Ahadjon Akbarovning “Davlat fuqarolik xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari, ularni qabul qilish shart-sharoitlari, zarurati va ahamiyati hamda Kasbiy madaniyatga oid, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek, tashqi ko’rinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari” mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Seminarda jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to’qnashuvi va korruptsiya holatlarining oldini olish masalalariga ham to’xtalib o’tildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari halol va vijdonan faoliyat olib borishlari, xalq roziligi uchun mehnat qilishlari zarurligi, davlatimiz rahbari tomonidan qo’yilayotgan asosiy talab ham shundan iborat ekanligi, Farg’onada ham belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilinishini ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.
Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar va o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Bu kabi seminarlar viloyatimizning shahar va tumanlarida, korxona va tashkilotlarda ham davom etishi ma'lum qilindi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram