Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”NING RESPUBLIKA FINAL BOSQICHIGA YO’LLANMA OLGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI

×

 2022-11-19 21:46:38    320

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Farg’ona shahridagi Tadbirkorlar uyida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga yo’llanma olgan yoshlar bilan uchrashdi.

Viloyatimiz bo’yicha 313 nafar yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi doirasida o’tkazilayotgan sport musobaqalarining Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdilar. Ularning 8 nafari parasport turlari bo’yicha bellashadilar.

Musobaqalarning final bosqichi oldidan bo’lib o’tgan bugungi uchrashuvda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sportni rivojlantirish va ommalashtirishga Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan doimiy e'tibor o’zining yuksak samaralarini berayotganini qayd etib, oldinda turgan bellashuvlarda viloyatimiz vakillariga zafarlar tiladi.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o’tkazilgan sport musobaqalarining 1-mavsumida erishilgan natijalar bo’yicha Farg’ona viloyati Respublikada umumiy hisobda 2-o’rinni qayd etdi.

Bundan tashqari, erishilgan ushbu natijalar evasiga g’olib va sovrindor bo’lgan ishtirokchilarning yashash hududlariga jami 24 ta sport maydonchalari qurilishi uchun sertifikatlar qo’lga kiritildi.

Viloyat hokimi “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumi viloyatimiz sportchilari uchun yanada muvaffaqiyatli bo’lib, vakillarimiz birinchi pog’onani band etishlariga ishonch bildirdi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika final bosqichiga yo’llanma olgan yoshlarga sport formalari majmualari topshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram