Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


«FARG’ONAAZOT» SINGAPURNING INDORAMA CORPORATION KOMPANIYASIGA 140 MILLION DOLLARGA SOTILMOQDA

×

 2023-01-18 09:39:55    972

PDF yuklash
Chop etish


Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Farg’onaazot» ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aktsiyalar paketini xususiylashtirish bo’yicha Indorama Corporation (Singapur) kompaniyasi bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qildi.

Joriy yil 16 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi arafasida Singapurda tashkil etilgan Biznes-forumda «Farg’onaazot» ustav kapitalidagi 99,02 foiz davlat aktsiyalar paketi bo’yicha oldi-sotdi shartnomasining asosiy shartlari (Term sheet) to’g’risidagi Kelishuv imzolandi.

Xususiylashtirish jarayoniga Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi yetakchi konsultant, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi, KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi esa mustaqil baholovchi sifatida jalb etildi.

Eng maqbul taklif Singapurning Indorama Corporation kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Taklifga ko’ra, sotib olish qiymati qariyb 140 million dollar (130 mln. dollar va 107 mlrd. so’m)ni tashkil etadi.

Shuningdek, investor tomonidan korxonani modernizatsiya qilish uchun 100 million dollar miqdoridagi investitsiya kiritish majburiyati olinadi.

Kelishilgan shartlarga ko’ra, Investorning majburiyatlariga Korxonaning barcha joriy ijtimoiy dasturlarini saqlab qolinishi, jumladan, xodimlar sonini va ish haqlarini qisqartirmaslik, xodimlarning malakasini oshirish hamda zamonaviy ekologik nazorat tizimini ishlab chiqish kiradi.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o’tkazish bo’yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma'qullangan.

Bitimni to’liq yakunlash uchun, Korxonaga ishlab chiqarish maqsadlari lozim bo’lgan ehtiyojlarni, shu jumladan, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning erkin bozorini yo’lga qo’yish va tabiiy gaz ta'minoti kabi masalalarning normativ huquqiy yechimini ta'minlash zarur bo’ladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram