Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“TASHABBUSLI BYUDJET” SAMARASIDA “BEGOBOD” MAHALLASIDAGI OILAVIY SHIFOKORLIK PUNKTI YANGI BINODA ISH BOSHLADI

×

 2023-05-10 12:37:56    343

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston tumanida tashabbusli byudjet asosida olib borilayotgan ishlar hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

“Begobod” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan, qariyb 40 yil avval qurilgan tibbiyot maskani binosi infratuzilmasini butkul yaxshilash bo’yicha ilgari surilgan tashabbus ham shu kabi xayrli ishlarning davomi bo’ldi.

Tuman tibbiyot birlashmasi hamda hudud ahli hamjihatlikda ilgari surgan tashabbus ijrosiga yo’naltirilgan 1 milliard 200 million so’mga yaqin mablag’ evaziga tibbiyot maskanining zamonaviy ko’rinishdagi yangi binosi qad rostlab, jihozlandi.   

Ko’rkam va mo’'jaz binoning foydalanishga topshirish marosimida tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov, mahalla ahli, tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda ijtimoiy muammolarni hal etishdagi yangicha yondashuv - “Tashabbusli byudjet” loyihasi aholining turmush farovonligini ta'minlash, ularga munosib yashash sharoitlarini yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etayotganligi qayd etildi. Yangi maskanda salomatlik posbonlari eng avvalo, xalqimiz sog’ligi yo’lida mas'ul va kamarbasta bo’lishlari zarurligi ta'kidlandi.  

Tashabbus samarasida, endilikda muassasadagi tibbiyot xodimlari tomonidan Begobod, Kichik Tagob va Katta Tagob mahallalarida istiqomat qiluvchi 8 ming 400 nafardan ziyod aholiga har tomonlama qulay va zamonaviy sharoitda birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish imkoniyati yaratildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram