Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"ONAJON, SIZNI JUDA YAXSHI KO’RAMAN!"

×

 2023-05-18 10:07:16    341

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda uchinchi marotaba o’tkazilayotgan "Onalarga ehtirom" festivali joylarda yuqori ko’tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.

Quva tumanidagi "O’zbegim" tantanalar saroyida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan "Onalarga ehtirom" tadbiri o’tkazildi.

Marosimga boshqarma ishchi xodimlari hamda Maktabgacha va maktab ta'limi sohasi mutasaddilari o’z onalari bilan birga tashrif buyurdilar.

Fayzli dasturxon atrofida jam bo’lganlarni viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov qutladi.

Tadbir doirasida rahbar tashabbusi bilan boshqarma tomonidan tayyorlab qo’yilgan esdalik sovg’a va guldastalarni barcha yig’ilganlar o’z onalariga taqdim etib, "Onajon, men Sizni juda yaxshi ko’raman!" deb hurmat bajo keltirdilar.

Marosimda so’z olganlar yurtimizga tinchlik, barchaning kasbi-koriga baraka, ta'lim sohasiga rivoj tiladilar. 

Munis onaxonlar bugungi e'tibor va e'tirofdan mamnun bo’lib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbirda yaponiyalik mutaxassis Goto Mikako ham ishtirok etdi.

Kuy va qo’shiqlar, davradagi o’yin-kulgular tadbirga o’zgacha fayz kiritdi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram