Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN “XORIJIY TILLARNI O’QITISH BO’YICHA ENG YAXSHI MAKTAB” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2023-05-18 20:49:43    443

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Shahar va tuman bosqichida muvaffaqiyatli qatnashgan va birinchi o’rinni olgan 19 ta maktab jamoalari jalb etilgan tadbirning ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov ishtirok etdi.

So’z olganlar tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda chet tillarni o’rganishga va o’rgatishga alohida e'tibor ko’rsatilayotgani ta'kidlandi. Xususan, joriy o’quv yilida ham mazkur tanlovning shahar va tuman bosqichida g’olib bo’lgan jamoalar munosib rag’batlantirilib, 1-o’rin uchun 100 million so’m, 2-o’rin uchun 75 million so’m, 3-o’rin uchun 50 million so’m, jami 2 milliard 925 million so’m pul mukofotlari berilgani aytib o’tildi.

Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Shundan so’ng 7-, 8-, 9-sinf o’quvchilaridan shakllantirilgan 5 nafar ishtirokchilardan iborat jamoalar tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o’qish (reading) va leksik-grammatik ko’nikmalari bo’yicha umumiy 100 ballik mezonda bahs olib borishdi. Ustozlar va o’quvchilarning yaqinlari uchun jarayonlarni monitor orqali kuzatib borish imkoniyati yaratilgani shaffoflikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Natijalarga ko’ra, 3-o’ringa munosib deb topilgan Bag’dod tumanidagi 25-maktab jamoasiga 150 million so’mlik, 2-o’rinni qo’lga kiritgan Marg’ilon shahridagi 11-maktab jamoasiga 200 million so’mlik sertifikatlar topishirildi.

Farg’ona shahridagi 6-umumta'lim maktabi jamoasi esa 1-o’rinni egalladi va 250 million so’m miqdorida Prezident sovrini bilan mukofotlandi. Jamoa endilikda tanlovning Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram