Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HAMMA "ONALARGA EHTIROM" FESTIVALIGA!!!!!

×

 2023-05-20 09:19:10    333

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”da bugun soat 10:00 dan boshlab, viloyatimizda uchinchi bor o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivalining viloyat bosqichi tantanalari boshlanib, xalq sayllariga ulanadi.

“Ijodkorlar bog’i”da shahar-tumanlar vakillari o’zlari uchun ajratilgan maxsus bo’limlarda har bir hududning o’ziga xos jihatlari, onalarga bo’lgan hurmat-ehtiromni o’zida ifoda etgan stendlarni joylashtirib, festivalga katta tayyorgarlik ko’rmoqda. Bog’ hududidan folkor jamoalari, san'atkorlar, hunarmandlar ham joy oladilar.

Festival doirasida har bir hudud vakillari tomonidan milliy va zamonaviy liboslar ko’rgazmasi, onalarga bag’ishlangan videoroliklar, dil izhorlari, madaniyat bo’limlarining chiqishlari o’tkaziladi.

Kech soatlarda “Onalarga ehtirom” festivali viloyat bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bilan birga yurtimizning eng taniqli san'atkorlari ishtirokida gala-kontsert ham bo’lib o’tadi.

Barcha farg’onaliklarni hamda viloyatimiz mehmonlarini Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”ga, "Onalarga ehtirom" festivali tantanalarida ishtirok etishga taklif qilamiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram