
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
RISHTONDA “RUS-O’ZBEKTEKS” PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERI QOSHIDA TASHKIL ETILAYOTGAN YIRIK TO’QIMACHILIK FABRIKASI MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA ISH BOSHLAYDI

2023-05-26 21:20:05 841
Viloyat hokimi Rishton tumanidagi o’rganishlari doirasida “Rus-O’zbekteks” paxta-to’qimachilik klasteri qoshida tashkil etilayotgan to’qimachilik fabrikasining qurilish jarayonlarini ko’zdan kechirdi.
Yillik 7200 tonna kalava ip, 6800 tonna mato, 3300 tonna momiq sochiq hamda 3300 tonna choyshab ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladigan fabrikada 1100 ta yangi doimiy ish o’rni yaratiladi. Loyiha qiymati 33 million yevroga teng bo’lgan korxona qurilishida so’nggi bosqich ishlari yakunlanmoqda.
Hozirgi kunda qurilish ishlari deyarli yakunlanib, Italiya, Belgiya va Frantsiyadan keltirilgan eng so’nggi rusumdagi uskunalarni o’rnatish ishlari davom etmoqda.
“Rus-O’zbekteks” xorijiy korxonasi rahbari Magomed Kostoyev bilan loyihani amalga oshirish jarayonlarini muhokama qilgan viloyat hokimi, elektr va gaz tarmoqlarini tortish ishlarini loyihada belgilangan darajada amalga oshirmagan viloyat elektr va gaz sohasi rahbarlarini keskin tanqid qildi. Viloyat hokimining ko’rsatmasi bilan ishchi guruh tashkil etilib, Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy va mahalliy investorlarning yirik investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash tartibi talablari to’la bajarilishi nazoratga olinadigan bo’ldi.
Fabrika joriy yil Mustaqillik bayrami arafasida ish boshlashi uchun kerakli choralar belgilab olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram