Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON TUMANI G’ALLAKORLARI O’RIMGA SHAY

×

 2023-05-26 21:41:57    340

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan Rishton tumanidagi g’alla o’rimiga tayyorgarlik jarayonlari, kombaynlarning mavsumga shayligi holati bilan tanishdi va otryadlar a'zolari, g’allachilik klasterlari rahbarlari hamda qishloq xo’jaligi sohasi mas'ullari bilan suhbatlashdi.

Birlashgan MFY hududidagi “Qahramon” g’allachilik klasteri korxonasida bo’lib o’tgan uchrashuvda joriy mavsumda g’alla o’rimini sifatli tashkil etish, kombaynlarning bir maromda, uzluksiz ishlashini ta'minlash, g’alla o’rim-yig’im otryadlari a'zolariga munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratish, ish haqi to’lash uchun o’z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta'minlash kabi dolzarb masalalarda tegishli ko’rsatmalar berildi.

Mavsumda qatnashishi rejalashtirilgan “Klaas”, “Keys”, “Nyu-Holland” kabi rusumdagi 22 ta yuqori unumli don o’rish kombaynlarining shayligi ko’zdan kechirildi.

Viloyat hokimi bu yerda shuningdek, “Qahramon” g’allachilik klasteri rahbari Isomiddin O’rinboyev bilan muloqot qilib, amalga oshirilayotgan kunlik 60 tonna bug’doyni qayta ishlash quvvatiga ega donni qayta ishlash loyihasi bilan tanishdi. Klaster tomonidan shuningdek, dukkakli mahsulotlarni qadoqlash liniyasi ham tashkil etilmoqda. Ushbu loyihalar orqali 50 dan ortiq doimiy qo’shimcha ish o’rinlari yaratilgan.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram