
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
II “BUYUK IPAK YO’LI” XALQARO FOLKLOR MUSIQA FESTIVALI G’OLIBLARI ANIQLANDI

2023-05-31 23:09:21 484
Bugun Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”da II “Buyuk ipak yo’li” xalqaro folklor musiqa festivali yakuniga bag’ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, Marg’ilon shahar hokimi Adham Ziyavitdinov, viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig’i Jahongir Tojiboyev ishtirok etdilar.
3 kun davom etgan festival yakuniga ko’ra, Folklor cholg’u ijrochiligi nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rin Qozog’iston Respublikasining “Sayalы Sarыag’ash” etno-folklor ansambli jamoasiga nasib etdi. Toshkent shahar “Nodirabegim” folklor-etnografik jamoasi 2-o’rinni, Qirg’iziston Respublikasi Qadamjoy tumani madaniyat uyi folklor ansambli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Folklor qo’shiq ijrochiligi nominatsiyasi bo’yicha viloyatimiz vakillari g’olib bo’ldilar: Marg’ilon shahar “Chodir-jamol” folklor-etnografik xalq jamoasi 1-o’rin bilan taqdirlandi. Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Oypari” folklor-etnografik xalq jamoasi 2-o’ringa munosib ko’rilgan bo’lsa, Tojikiston Respublikasi “Bibixo” folklor-etnografik ansambli 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
Folklor raqs ijrochiligi nominatsiyasi bo’yicha Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani “Jo’ralar” folklor-etnografik xalq jamoasi esa 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Buxoro tumani “Mavji Buxoro” folklor-etnografik xalq jamoasi 2-o’rinni, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani “Apsana” folklor-etnografik jamoasi 3-o’rinni egalladi.
G’oliblarga pul mukofotlari, festival statuetkalari hamda diplomlar topshirildi.
El sevgan xonandalar, taniqli ashula va raqs ansambllari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi yig’ilganlarga ko’tarinkilik ulashdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram