Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 243 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA “TURKIY TILLI YOSHLAR” XALQARO FESTIVALI BO’LIB O’TADI

×

 2023-07-03 11:55:16    338

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 11-15 iyul kunlari Qo’qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali bo’lib o’tadi. Farg’ona viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festival, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-338-son Qarori ilovasi bilan viloyatimizda o’tkazilishi belgilangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar Dasturi doirasida o’tkaziladi.

Asosiy tadbirlar Qo’qon universiteti hududida bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga Respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etilgan.

Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo’yicha sport musobaqalari, madaniy-ko’ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.

Festival kunlarida bo’lib o’tadigan Turkiy tilli yoshlarning “Do’stlik” kechasi, Qo’qon shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko’rgazmasi, Rishtondagi Xalqaro Kulolchilik markazi hamda Uchko’prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi lavanda bog’lariga tashrif ham ishtirokchi yoshlarga o’ziga xos kayfiyat ulashadi.

“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivalining yopilish marosimi va san'at yulduzlari ishtirokidagi gala-kontsert O’rda maydonida bo’lib o’tadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram