Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 193 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQDA EXPO KOLLOR PRIN TEKS PAXTA-TO’QIMACHILIK KLASTERINING BESHINCHI KORXONASI ISH BOSHLADI

×

 2023-07-06 21:44:57    323

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri tizimida amalga oshirilgan ip-kalava ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida barpo etilgan yangi korxona ish boshladi. Ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimizda yo’lga qo’yilgan klaster amaliyoti paxta xom ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha bo’lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz zanjirini shakllantirgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri tomonidan yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan kompleks investitsion loyihaning navbatdagi bosqichi bo’lgan ushbu korxonaning umumiy qiymati 140 mlrd. so’mdan ziyod bo’lib, klasterning 75 mlrd. so’m o’z mablag’lari hamda to’g’ridan to’g’ri jalb etilgan 5,5 mln. dollarlik xorijiy kredit liniyasi hisobiga barpo etildi.

Yangi ishlab chiqarish korxonasi zamonaviy yuqori texnologiyali Rieter uskunalari bilan jihozlangan bo’lib, bu yuqori sifatli tayyor to’qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Korxona yiliga mavjud quvvatlarga qo’shimcha 3 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lib, 260 ta doimiy ish o’rinlari yaratildi. Expo Kollor Prin Teks paxta-to’qimachilik klasteri korxonalarida yaratilgan doimiy ish o’rinlari soni esa 1200 tadan ortdi.

Yana bir muhim jihati, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalar qo’llanmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish maqsadida inshootning tom qismiga quyosh panellari o’rnatilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram