
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TOSHLOQ TUMANI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA QARASHLI MARKAZIY SHIFOXONANING BESH QAVATLI YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2023-07-06 22:04:01 703
Toshloq tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy shifoxonaning klinik davolash bo’limlari uchun qurib bitkazilgan 5 qavatli, 175 o’rin-joyga ega bo’lgan yangi bino, bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov ishtirok etdilar.
22,6 milliard so’m mablag’ sarflanib, barpo etilgan yangi binoda klinik davolash bo’limlarining ishga tushishi natijasida tumandagi 214 ming nafardan ziyod aholiga tibbiy xizmat sifati yaxshilandi.
Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari bilan tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, ona va bola sog’ligini mustahkamlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanganini qayd etdi.
Viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash maqsadida 2022 yilning o’zida jami 64 ta tibbiyot muassasalarida qariyb 150 mlrd. so’mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilganini ta'kidlab o’tgan Iqboljon Ergashev, eng chekka hududlarda ham aholiga birlamchi tibbiy xizmat yanada yaqinlashtirilayotganiga e'tibor qaratdi.
Toshloq tumani markaziy shifoxona binolari 1963-1971 yilda qurilgan bo’lib, qurilgandan buyon mukammal ta'mirlanmagan, zamon talablariga javob bermaydigan holga kelib qolgan, ayrim bo’lim binolari xaroba holatda edi. Markaziy shifoxona moslashtirilgan binolarda joylashganligi uchun bemorlarga tibbiy xizmat ko’rsatishda o’ziga xos muammolarga duch kelinar edi.
Bugun foydalanishga topshirilgan, qabul-diagnostika, reanimatsiya, tug’ruqxona bo’limi, xirurgiya, hamda terapiya bo’limlari joylashtirilgan binoda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud. Bemorlarni tashxislash uchun raqamli rentgen, zamonaviy UTT apparati, gastrofibroskop, EKG apparatlari o’rnatilgan. Binodagi xonalar markazlashgan kislorod tarmog’i bilan ta'minlangan. Klinik va bioximik laboratoriya xonalari tashkil etilgan. Bu esa o’z navbatida bemorlarni diagnostika va davolashda qulaylik yaratadi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram