Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA QOZOG’ISTONNING Q4 TULPAR KOMPANIYASI BILAN HAMKORLIKDA “TULPOR” AVTOMOBIL SAVDO UYI ISH BOSHLADI

×

 2023-07-07 15:48:11    649

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrining Mustaqillik shohko’chasida Qozog’istonning Q4 Tulpar kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tulpor” avtomobil savdo uyi ish boshladi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Ochilish tadbirida O’zbekiston va Qozog’iston davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodalari va ezgu tashabbuslari bilan ikki davlat o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar tobora kuchayib borayotgani alohida qayd etilib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar o’zining katta natijalarini berayotganiga e'tibor qaratildi.

Q4 Tulpar kompaniyasi asoschisi Talgat Sakan hamda mahalliy hamkor Ulug’bek Payg’amov birgalikda tashkil etgan avtomobil savdo uyida yangi avtomobillarni sotish bilan birga, foydalanilgan avtomobillarni sotib olish, sotish, Trade-in tamoyili asosida eski mashinani yangisiga almashtirish, shuningdek, keng ko’lamli sifatli texnik xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan.

Qulay xaridni amalga oshirish uchun avtosalonda bank filiali faoliyati yo’lga qo’yilgan, shuningdek, notarius idorasi ham joylashgan.

Qozog’istonda 14 ta filiali mavjud bo’lgan Q4 Tulpar kompaniyasi, endilikda O’zbekiston bozoriga ham kirib kelmoqda va yaqin davrda Qo’qon shahrida ham filial ochishni rejalashtirgan. Keyinchalik, Andijon, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarga ham kompaniya faoliyatini yo’lga qo’yish reja qilingan.

“Tulpor” avtomobil savdo uyining ish boshlashi natijasida qirqqa yaqin doimiy ish o’rni tashkil etildi. Xodimlar faoliyat boshlashdan avval Olma-otadagi Q4 Tulpar avtosalonlarida amaliyot o’tab qaytishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram