Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2023 YILDA FARG’ONA SHAHRIDAGI “WEGWEISER” NEMIS TILI MARKAZIDA TA'LIM OLGAN YOSHLARDAN 250 NAFARI O’QISH YOKI ISHLASH UCHUN GERMANIYAGA YO’L OLDILAR

×

 2024-02-01 16:38:17    1831

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona shahridagi “Wegweiser” nemis tili markazi faoliyati bilan tanishdi.

3 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan ushbu o’quv markazi o’tgan davr mobaynida 2000 nafardan ziyod yoshlarga nemis tili o’rganish imkoniyatini yaratdi. 2023 yilda markazda ta'lim olgan yoshlardan 250 nafari o’qish yoki ishlash uchun Germaniyaga yo’l oldilar. Markaz tomonidan Germaniyaning “GFM Gruppe”, “Tank &Rast” va “Kaltech” tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’qish yoki ishlash uchun ushbu mamlakatga borayotgan bitiruvchilarning sog’liq sug’urta xarajatlari qoplab berilib, arzon yashash joylari bilan ta'minlanishda ko’maklashilmoqda.

Hozirgi kunda o’quv markazida 500 nafardan ziyod yoshlar ta'lim olishmoqda. Bulardan bir qismi hamshiralik va haydovchilik faoliyati bilan shug’ullanish uchun Germaniyaga yo’l olishni rejalashtirayotgan bo’lsa, 140 nafari Germaniyada dual ta'lim olishni maqsad qilishgan.

O’quv markazi ijara asosida faoliyat yuritib kelayotgan bino, ortib borayotgan talabni to’la qoplash imkoniyatini to’la bermasligi ma'lum bo’ldi. Viloyat hokimi “Wegweiser” nemis tili markazini faoliyatini yanada rivojlantirish uchun o’quv markazini foydalanilmasdan bo’sh turgan davlat ob'ektlaridan biriga belgilangan tartibda joylashtirish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi.

Viloyat rahbari shuningdek, “Najot ta'lim” o’quv markazining Farg’ona filialida ham bo’ldi. Bugungi kunda ushbu o’quv markazida 700 nafardan ziyod yoshlar dasturlash, dizayn va marketing kabi zamonaviy kasblarni egallamoqdalar. E'tiborlisi, bitiruvchilarning qariyb 95 foizi doimiy va daromadli ishga ega bo’lmoqdalar. Markaz rahbarlari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, muassasa faoliyatini rivojlantirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini bildirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram