Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 243 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI VA ENERGIYA TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH MAQSADIDA ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANGAN

×

 2024-09-13 15:17:02    938

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilangan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov “Farg’onaazot” aktsiyadorlik jamiyatida mazkur yo’nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Jamiyatda 2021-2024 yillar davomida umumiy quvvati 238 kVt bo’lgan quyosh foto elektrostantsiyalar ishga tushirilgan. Buning natijasida korxonada 351,5 MVt elektr energiya iqtisod qilishga erishilgan.

Ayni kunlarda energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish dasturi doirasida loyiha qiymati 60 mlrd. so’mlik umumiy quvvati 10 000 MVt bo’lgan quyosh foto elektrostantsiyasini o’rnatish ishlariga kirishildi. Ushbu quvvatni ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga 19 740,86 MVt elektr energiya iqtisod etilishi kutilmoqda.

Viloyat rahbari energiya tejovchi texnologiyalar iqtisodiy manfaatdorlikni oshirishga xizmat qilishini ta'kidlab, yangi loyihani ishga tushirishni jadallashtirish bo’yicha topshiriqlar berdi.

Xayrullo Bozorov Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida bo’lib, modernizatsiya ishlarini ko’zdan kechirdi. Ayni kunlarda bu yerda 251 mln. dollarlik investitsiya hisobiga modernizatsiya ishlari davom etmoqda. Ma'muriy bino, markaziy laboratoriya, boshqaruv pulti hamda oshxona binosi qurilyapti. Hozir korxonada 60 turdagi mahsulot ichki bozor va 15 ta xorijiy mamlakatlarga yetkazib berilmoqda.

Viloyat rahbari Farg’ona shahridagi Posco International Textile kompaniyasida bo’lib, uning vakillari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksportni ko’paytirish hamda paxta-to’qimachilik klasterining paxta yig’im-terim mavsumiga tayyorgarlik ishlari bo’yicha fikr almashildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram