
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARGʻONA SHAHRIDA "COMPASS HOSPITAL" XUSUSIY TIBBIYOT KLINIKASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

2024-09-14 21:10:58 1843
Farg’ona shahrida tibbiyot yo’nalishida yirik loyiha amalga oshirilib, "Compass hospital" xususiy tibbiyot klinikasi foydalanishga topshirildi. Mazkur zamonaviy salomatlik maskanining ochilishi katta shodiyonaga aylandi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mamlakatimizda sog’liqni saqlash sohasidagi islohotlar avvalo inson manfaati, qadri uchun xizmat qilayotganini ta'kidlab, so’nggi yillarda xususiy tibbiyot jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Viloyatimizda ham ular soni tobora ortib, tibbiy xizmat ko’rsatish sifati oshayotganligi, zamonaviy tibbiy jihozlar keltirilib, sohada ilg’or tajribalar qo’llanilayotganligi mamnuniyat bilan tilga olindi. Xususan, mazkur klinika ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.
Shaharning Qomus ko’chasida Zafarjon Asqarov tashabbusi bilan foydalanishga topshirilgan "Compass hospital" xususiy tibbiyot maskanida kunlik 300 dan ziyod bemorga ambulator xizmat ko’rsatiladi. 88 ta statsionar o’rin joylari mavjud. Bu yerda 120 dan ortiq yangi ish o’rni yaratildi.
Ushbu xususiy muassasani barpo etish va zarur tibbiyot apparaturalari bilan jihozlash uchun 8 mln. dollardan ortiq mablag’ sarflandi. E'tiborli jihati, bu yerda neyroxirurgiya, oftolmologiya, ginekologiya, urologiya, xirurgiya, travmatologiya, kardiologiya kabi kasalliklar davolanadi. 200 dan ortiq jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish imkoni mavjud. Eksimer lazer, ko’z tupi uchun mikroskop, endoskopik operatsiya uchun zamonaviy jihozlar o’rnatildi.
Mehmonlar tibbiyot maskanida yaratilgan sharoitlar, o’rnatilgan zamonaviy tibbiy jihozlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram