Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 134 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BUVAYDA TUMANIDA MAHALLABAY ISHLASH, TADBIRKORLIK, AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH YO’NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-09-26 09:39:56    817

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Buvayda tumanida bo’lib, mahallabay ishlash, tadbirkorlik, aholi bandligini ta'minlash yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab Beglar MFYda tadbirkor O’lmas Mavlonov tomonidan tashkil etilayotgan mebel ishlab chiqarish loyihasi, “Orzu mebel” MChJning mebelchilik tarmog’i va savdo majmuasi ko’zdan kechirildi. 3 mlrd. so’m mablag’ evaziga tashkil etilgan majmuada shu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar o’rin olgan. Bu yerda 25 ta yangi ish o’rni yaratildi. Viloyat rahbari mahsulotlarning sifatiga e'tibor qaratish, tarmoqni kengaytirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Nayman MFYda tadbirkor Abduvali Sultonov yaqinda 200 o’rinli yangi xususiy maktabni tashkil etgan bo’lib, bu yerda xorijiy tillar chuqurlashtirilib o’qitilmoqda. Viloyat hokimi mazkur maktabni borib ko’rdi.

Buvayda MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida madaniyat markazi tashkil etildi. 400 o’rinli tantanalar saroyi faoliyat ko’rsatmoqda. Xayrullo Bozorov markaz faoliyati bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashdi. Madaniyat markazida 4 ta to’garakda 70 dan ortiq yoshlar musiqa va san'at sirlarini o’rganyapti.

Shu mahallada yashovchi Husanboy Dehqonov sochiq ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. 20 nafar kishi mehnat qilmoqda. Tadbirkor tomonidan sanoat va xizmat ko’rsatish majmuasi loyihasi amalga oshirilmoqda. Shavkatjon Komilov ham xuddi shunday ishlab chiqarishni tashkil qilgan. “Doniyor teks” korxonasida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 30 nafar qishloq ayollari ish bilan ta'minlangan.

Viloyat rahbari ishlab chiqarish jarayonini ko’zdan kechirib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Ularning kredit olish, elektr energiyasi bilan bog’liq masalalari nazoratga olindi. Mahalla yettiligiga mikroloyihalarni ko’paytirish, tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash hamda oilalarning daromadini oshirish borasida topshiriqlar berildi.