Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYIDA JORIY YILDA O’QISHGA QABUL QILINGAN O’QUVCHILARNING TANTANALI VA'DA BERISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI

×

 2024-09-30 08:58:32    1199

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida joriy yilda o’qishga qabul qilingan o’quvchilarning tantanali va'da berish marosimi bo’lib o’tdi. 

Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, o’quvchilarning ota-onalari, harbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Viloyat rahbari Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Temurbeklar maktabi” tom ma'noda yurtimizning ertangi mard va jasur o’g’lonlarini tarbiyalaydigan maskanga aylanganini ta'kidlab, Vatan himoyachisi, degan sharafli nomga munosib bo’lishda o’qish, ilm zarurligiga e'tibor qaratdi. Yoshlarimizning vatanparvar bo’lib, yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishlarida, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarida omad tiladi.

Birinchi bosqichga qabul qilingan 157 nafar o’quvchi tantanali va'da berdilar. 

Harbiy orkestr jamoasining chiqishlari va Farg’ona «Temurbeklar maktabi» o’quvchilarining qo’l jangi bo’yicha mahoratlari namoyish etildi. San'atkorlarning qo’shiqlari esa barchaga zavqu shavq ulashdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram