
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMLIGI, O’ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI HAMKORLIGIDA O’TKAZILGAN ADABIYOT BAYRAMI FARG’ONALIK IJODKORLARGA BO’LGAN EHTIROM IFODASI BO’LDI

2024-10-04 12:44:25 2826
Unda poytaxtimizdan taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi.
O’zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Enaxon Siddiqovaning xotirasiga bag’ishlangan tadbirlar Farg’ona tumani Vodil qishlog’idagi xonadonidan boshlandi. Bu yerga viloyatimizning keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar jam bo’ldi.
Opa hayot bo’lganlarida bu yil 70 yoshni qarshilagan bo’lardi. U istiqomat qilgan xonadonda sevimli shoiraga atab yodgorlik lavhasi o’rnatildi.
Viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o’rinbosari Minhojiddin Mirzo, O’zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G’ofurov va boshqalar Enaxon Siddiqovaning milliy adabiyotimiz rivoji, shu bilan birga yurt ravnaqi va xalq farovonligiga qo’shgan ulkan hissasi haqida so’z yuritdi.
Mazkur adabiy-ma'rifiy tadbirlar Islom Karimov nomidagi teatr-kontsert saroyida davom etdi. “Umr yaxshilikka safar bo’lsaydi” deb nomlangan kechada O’zbekiston xalq shoiri, betakror ijodkor va fidoyi inson Enaxon Siddiqovaning hayot yo’li va ijodi haqida so’z yuritilib, porloq xotirasi yodga olindi. Viloyatimizda adabiyot, madaniyat va san'atni rivojlantirish, joylarda ilm-fan va kitobxonlikni keng targ’ib qilish orqali xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish borasidagi samarali xizmati e'tirof etildi.
Adabiyot bayrami ma'naviyat va ma'rifat shodiyonasiga aylandi, shoiraning she'rlari yangradi.
Viloyat hokimligi tomonidan Enaxon Siddiqovaning 70 yilligi munosabati bilan saylanmasi nashr etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram