Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FURQAT TUMANIDA TADBIRKORLAR TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-10-10 09:09:56    3365

PDF yuklash
Chop etish


Navbahor MFY Temiryo’lchi kichik sanoat zonasida “Gullar Aziza” MChJ tomonidan plastmassa yashiklar ishlab chiqarish tarmog’i ishga tushirildi. Ozarbayjon va turkiyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 30 ta yangi ish o’rni yaratildi.

Viloyat rahbari bu yerdagi ish jarayonini ko’zdan kechirib, keyingi bosqichdagi loyiha bo’yicha ishlarni ham ko’rdi. Bu yerda mevalarni quritish loyihasi amalga oshirilmoqda. 30 xildan ortiq mevalar quritilib, qadoqlanadi. Dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan loyiha natijasida yana 100 nafar kishi ish bilan ta'minlanadi. Ayni kunlarda dastgohlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Furqat in tex” MChJ tomonidan kalava ip ishlab chiqarish loyihasi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Ta'sischi “Musavvar tex” MChJ bo’lib, loyiha qiymati 25 mln. dollar. Korxona ishga tushishi natijasida 500 ta ish o’rni yaratiladi.

Viloyat hokimi bu yerdagi jarayonni ko’zdan kechirib, loyiha doirasidagi ishlarni jadallashtirish borasida topshiriqlar berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram