
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XALQIMIZGA MUNOSIB TURMUSH SHAROITI YARATISH MAQSADIDA BARCHA HUDUDLARDA YANGI UY-JOYLAR BARPO ETILMOQDA

2024-10-15 09:26:05 1808
Beshariq tumanida ham ko’p qavatli uylarning qurilishi davom etayotgan bo’lib, “Yangi Fayzobod” massivini bunyod etish ishlari jadal olib borilmoqda. Ayni kunlarda 626 ta xonadonga mo’ljallangan 11 ta 5 va 7 qavatli uylar qurilmoqda, 3 tasi foydalanishga topshirildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi, qulay infratuzilmani yaratish, qurilish sifatiga e'tibor qaratish borasida topshiriqlar berildi.
Keyingi yilda 6 ta 300 xonadonli uylar, maktab, bog’cha hamda mehmonxona ham quriladi. Hozirda 30 ta savdo do’konlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Tuman markazidagi Yangihayot MFYdagi Shabboda ko’chasida barpo etilayotgan Turizm ko’chasi taqdimoti bilan ham tanishildi.