Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР


Вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров Туркияда жойлашган D-8 иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти бош котиби Исиака Абдулқодир Имом билан учрашди

×

 2024-10-18 16:25:25    1920

PDF юклаш
Чоп этиш






Unda viloyatimizda turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

Viloyat rahbari investitsiya, turizm yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Yurtimizning boshqa hududlari kabi Farg‘ona vodiysida turizm sohasida katta imkoniyat borligini, qulay infratuzilma yaratilayotganligini aytib o‘tdi. 
Isiaka Abdulqodir Imom tashkilot tomonidan olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib, viloyatimizda turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirdi. 
Kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi. 
Mazkur iqtisodiy tashkilotga 8 ta davlat a’zo bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, savdo, transport logistikasi, sanoat kooperatsiyasi, energetika kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni o‘z ichiga olgan.