Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARI BILAN  SARDORLAR UCHRASHUVI

×

 2020-01-27 10:45:33    466

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashida Farg’ona viloyat hokimining Jamoat va Diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari Jamshid Xatamov bilan 9 nafar viloyat, 19 nafar mahalliy “Kamalak” bolalar tashkiloti raislari hamda 140 nafar yoshlar yetakchilarining uchrashuvi o’tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o’tgan uchrashuvda 2020 yil 24 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga qilgan Murojaatidan kelib chiqib, 2020 yil yoshlar siyosatida tub burilish yili bo’lishi, shu asnoda yoshlarga salbiy ta'sir o’tkazayotgan ommaviy madaniyatga qarshi kurashish, voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda sardorlarning ishtiroki xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati xokimi o’rinbosari Jamshid Xatamov so’z olib,  yangi avlod vakillarining tashabbuslarini amalga oshirish ularning oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri ekanligi, ularning maqsad-muddaolarini yaqindan bilish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etishda bunday muloqotlar juda zarur ekanligini ta'kidlab o’tdi.

                                Farg’ona viloyat hokimligi Axborot xizmati