Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR


Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma

Tanlangan xizmatga qo'shish

Xizmat haqida

Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma.

Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslar.

 

Tashkilot

Bog`lanish

 Farg’ona shahri, A.Navoiy ko'chasi, 15-uy. Telefon: 0 373 244-07-50

Xizmat narxi va to`lash tartibi

Ariza koʻrib chiqilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:

  • Eng kam oylik ish haqining 10 foizi midorida - Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida.
  • Eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida - Toshkent shahrida.
  • Eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida - viloyat boʻysunishidagi tumanlar va shaharlar hududlarida.

 

Xizmatni ko`rsatish muddati

11 kun mobaynida.

Natijani olish usullari

Noturar joyni qayta roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi va ruxsatnoma arizachiga Yagona portal orqali "foydalanuvchi kabinetiga" va/yoki arizachi Yagona portalda ro`yxatdan o`tishda ko`rsatgan pochta manzili va telefon raqamiga yuboriladi.

 

Xizmat natijasi

Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma va noturar joyni qayta roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olish.

 

Rad etish sabablari

  • Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa.
  • Arizachi va turar joy ruxsat beruvchi talablar va shartlarga javob bermasa.
  • Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzuq ma’lumotlar keltirilsa.
  • Oʻrganish natijasida asosli rad etish xulosasi mavjud boʻlsa.

Shikoyat arizasi berish tartibi

Noqonuniy rad etilganlik holati kuzatilganda, arizachi javobgar tashkilotga telefon, elektron pochta hamda koʻrsatilgan manziliga shaxsan kelib murojaat etishi mumkin.

Jismoniy yoki yuridik shaxs murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror bilan rozi boʻlmagan taqdirda qaror qabul qilgan davlat tashkilotining mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxsi unga shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

Murojaatni koʻrib chiqqan davlat tashkiloti, mansabdor yohud boshqa mas’ul shaxslari murojaatni koʻrib chiqilganligi yuzasidan qabul qilingan natijalari asosidagi qaror bajarilishini nazorat qilishlari lozim.