Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA O’ZBEKISTON XALQ SHOIRI ANVAR OBIDJON XOTIRASI VA IJODIY MEROSIGA BAG’ISHLANGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-31 16:55:33    348

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi va Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda shoir va yozuvchilar, olimlar, Tojikiston, Qozog’iston, Turkiya, Misr davlatlaridan mehmonlar, shoirning oila-a'zolari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anvar Obidjon sevimli bolalar adibi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri edi. Yurtimizda so’nggi ellik yillikda biror bola yo’qki uning hikoyalari va she'rlarini eshitib ulg’aymagan bo’lsa. U yozgan she'rlar, hikoyalar har bir vatandoshimizning xonadoniga kirib bordi. Anvar Obidjon yaratgan timsollar bolalarning qahramoniga aylandi. Shoir o’zidan katta ma'naviy meros qoldirdi. Umrini yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirish, har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishiga bag’ishladi. Adabiyot yo’nalishida eng qiyin va zahmatli bo’lgan bolalar adabiyoti yo’nalishini tanlab, unga yangidan ruh berdi, yangi darajaga olib chiqdi. O’zbek adabiyoti oltin fondini uning asarlarisiz tasavvur qila olmaymiz.

“Ona yer”, “Ey, Yorug’ dunyo”, “Olovjon va uning do’stlari”, “Bezgakshamol”, “Akang qarag’ay Gulmat”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea”, “Erliklar”, “Meshpolvonning janglari”, “Alamazon va Gulmat hangomasi”, “Ajoyibxona”, “Oltiariq hangomalari”, “Odobli bo’lish osonmi?”, “Tanlangan she'rlar”, “O’g’irlangan pahlavon”, “Bahromning hikoyasi” kabi doston, qissalar, she'rlar, pesalar va hajviy asarlardan iborat to’plamlar muallifidir. Uning “Qo’ng’iroqli yolg’onchi”, “Topsang hay-hay”, “Qorinbotir”, “To’tiqul” kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adib 1997 yilda “Shuhrat” medali, 2011 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Anvar Obidjon qabrini ziyorat qildi.

Oltiariq tumani madaniyat saroyida bo’lib o’tgan “Hayotning har lahzasi go’zal” deb nomlangan tadbir adabiyot, ma'naviyat bayramiga aylandi. Unda “Anvar Obidjon ijodiyot haftaligi” doirasida o’tkazilgan tanlov g’oliblari taqdirlandi. Shoirning she'rlaridan namunalar o’qilib, madaniy dastur namoyish etildi.

Farg’ona davlat universitetida “Anvar Obidjon ijodining ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo anjuman ishtirokchilariga videotabrik yo’llab, Anvar Obidjonning ijodiy merosi ma'naviy tarbiyada muhim o’rin tutishini ta'kidladi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov va boshqalar shoir ijodining ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati xususida so’z yuritdilar. Xalqaro konferentsiyada ishtirok etgan olimlar Anvar Obidjon asarlarining badiiy, ma'naviy jihatlariga e'tibor qaratdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram