Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATDAGI TIBBIYOT MUASSASALARIDA TIBBIYOT HODIMLARINI REYTING BAHOLASH "MEDKPI" ELEKTRON TIZIMI SINOV TARIQASIDA JORIY ETILMOQDA

×

 2024-02-17 17:48:59    2172

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida sinov tariqasida ishga tushirilgan tibbiyot hodimlarini reyting baholash "Medical KPI" elektron tizimi taqdimoti o’tkazildi.

Unda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Abduqayum To’xtaqulov, tibbiyot hodimlari ishtirok etdilar.

Viloyatda aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, shaffof, korruptsiyadan holi tizim yaratish bo’yicha bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Lekin ba'zi hollarda ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati qoniqarsizligi, tibbiyot xodimlarining muomala madaniyati va boshqa masalalar bo’yicha aholi tomonidan e'tirozlar bildirilayotganligi kuzatilmoqda.

Shu munosabat bilan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6079-sonli Farmoni va viloyat hokimining tegishli topshiriqlariga asosan, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish va faoliyatini reyting baholash maqsadida "MedKPI" elektron tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim sinov tariqasida Farg’ona, Marg’ilon, Qo’qon shaharlari, Beshariq tumani tug’ruq komplekslari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida joriy etilmoqda.

Viloyat hokimligi huzuridagi Elektron hokimiyatni rivojlantirish markazi direktori Sirojiddin Mahmudov ushbu tizim imkoniyatlari, qulayliklari, kutilayotgan natijalar haqida batafsil tanishtirdi.

Ushbu tizim tibbiyot xodimlarining bemorlarga bo’lgan munosabati, e'tiborini namoyon qilishda muhim rol o’ynaydi. Ya'ni muassasada davolanayotgan bemorga qarayotgan shifokorlardan tortib farroshlargacha baholanadi.

Tizim asosida tibbiyot xodimlarining ishga kelish-ketishlari grafik asosida nazoratga olinadi. Xodimlarga biriktirilgan bemorlarni davolanib chiqib ketishlari davomida onlayn so’rovnoma o’tkazish orqali baholashga erishiladi.

Bunda viloyat bo’yicha to’liq joriy etilgandan keyin tibbiyot soxasida faoliyat olib borayotgan xar bir xodim qanday salohiyatga ega ekanligini bemorlarning baholashlari orqali aniqlab olinadi. Bemorlar tibbiyot xodimlarini quyi baholagan holatlarda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi bu jarayonni o’rganish imkoniyati yaratib beriladi.

Asosiy maqsad davolanayotgan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan chiroyli muomala qilinib, xizmat ko’rsatishlarini ta'minlab berishdir.

Tizimning shaffofligi viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilganidir. Tibbiyot muassasalarining har bir qavatida kuzatuv kameralari o’rnatilgan, ular orqali viloyatdagi tibbiyot muassalarini baholanish jarayonini boshqarma orqali kuzatish mumkin. Bundan chiqadiki, bemorlar o’zlarini fikrlarini to’laqonli ifoda etishlari mumkin.

Xodimlar ish joyida bo’lmagan holatda sun'iy intelekt orqali aktivligi ko’rib chiqiladi. Ish joyida bo’lmasa, bemorlarni baholaridan avtomatik ravishda sun'iy intelekt yordamida qisqartirish yo’lga qo’yilgan. Ya'ni bemorni iltimos qilib, yuqori baho qo’yishga chorlagan taqdirda ham tizim ko’rib chiqadi, bemor davolanayotgan jarayonda xodim ish joyida bo’lmagani aniqlanib, bahosi pasaytirilishiga erishiladi. Bu orqali shaffoflik ta'minlanadi.

Tizimga tibbiyot xodimlari tomonidan o’zgartirishlar kiritish imkoniyati mavjud emas, barcha jarayonlar to’liq himoyalangan.

Bemorlar shifokorlarni har bir baholash bandlarida korruptsiya holatlari bo’yicha ham xabar berishlari mumkin bo’ladi. Agar bemorlar tomonidan biror tibbiyot xodimi korruptsiya holatlari bor degan ehtimol ko’payib ketsa, u xodim alohida nazoratga olinadi.

Tizimni dasturiy ta'minoti to’laqonli ishlab chiqilgan. Tanlab olingan 5 ta muassasa uchun qurilmalar xarid qilinib, dastlabki 2 ta muassasa uchun xarid qilingan jihozlar o’rnatildi. Qolganlarida esa jihozlash va o’rnatish jarayonlari davom etmoqda. 5 ta muassasada sinov tariqasida ishga tushirilib, kutilgan natija bergandan so’ng viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalariga tatbiq qilinadi.

Tizim bilan ishlash tartiblari, talablari tibbiyot xodimlariga ham alohida tushuntirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram